Bekobod tumanida fuqarolar noqonuniy ravishda qum qazib olgani aniqlandi. Fuqaro bu ishi bilan tabiatga 100 mlrd 627 mln so‘mdan ko‘proq zarar yetkazgani ma’lum bo‘ldi.
Toshkent viloyatidagi ekoreyd natijalari e’lon qilingach, tarmoqlarda havo ifloslanishi o‘lchovining to‘g‘riligi bo‘yicha bahslar paydo bo‘ldi. Ekovazirlik normadan oshish kuzatilmaganini aytdi. Ma’lum qilinishicha, Toshkentga kiruvchi havo oqimlarining 80 foizi issiqxona konsentratsiyasi yuqori hududlardan o‘tadi.
Toshkent shahri va Toshkent viloyatining chegaradosh hududlarida viloyat Ekologiya boshqarmasi havo sifatini tahlil qilib, ifloslantiruvchi moddalar miqdori me’yorida ekanini aniqladi. So‘nggi haftalarda havoni monitoring qiluvchi platformalar va ijtimoiy tarmoqlarda havo sifati yomonlashgani ta’kidlanmoqda.
Jizzax viloyatidagi Aydar-Arnasoy ko‘llarida noqonuniy ravishda 145 kilogramm baliq ovlagan ikki shaxs tabiatga 487 mln so‘m zarar yetkazgani aniqlandi.
Ekologiya vazirligi va BMTTD O‘zbekistonning biologik xilma-xillik bo‘yicha milliy strategiyasini ishlab chiqish va G‘arbiy Tyan-Shan ekotizimlarini tiklashni qo‘llab-quvvatlash loyihalarini ishga tushirdi. Ularni 2030-yilga qadar amalga oshirish rejalashtirilgan. GEF loyihalarga 6,5 mln dollar ajratdi.
Samarqandda ikkita holatda qum-shag‘al qazib olinishi oqibatida tabiatga 800 milliard so‘mdan ortiq zarar yetkazildi. Ekologiya vazirligi Zarafshon milliy tabiat bog‘i hududida noqonuniy qazish ishlari doimiy ravishda olib borilgani sababli 7 gektar yashil maydon yo‘q bo‘lib ketganini ma’lum qildi.
Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida nazorat reyd tadbiri vaqtida 4 nafar noma’lum shaxs tuman ekologiya bo‘limi boshlig‘i va bosh mutaxassisiga jarohat yetkazdi. Ular mashinasida yo‘lni to‘sib, inspektorlar faoliyatiga to‘sqinlik qildi. Xodimlarga shifoxonada birinchi yordam ko‘rsatildi, IIB vaziyatni o‘rganmoqda.
Toshkentdagi Chirchiq daryosidan noqonuniy qum-shag‘al qazilgani oqibatida tabiatga qariyb 700 mlrd so‘m zarar yetkazildi. Aybdorlarga chora ko‘rish maqsadida hujjatlar Bosh prokuraturaga yuborildi.
Ayiq bilan mashg‘ulot o‘tkazgan bokschi Shahram G‘iyosov 1 mln 125 ming so‘m miqdorida jarimaga tortildi. Sportchi holat boshqa qaytarilmasligini aytib uzr suradi. Ekologiya vazirligi jonivor Farg‘ona hayvonot bog‘iga topshirilganini bildirdi.
Toshkent viloyatida Chirchiq daryosidan qum-shag‘al aralashmasi qazib olinishi oqibatida tabiatga 65,3 mlrd so‘m zarar yetkazilgani aniqlandi. Maxsus texnikalar jarima maydoniga joylashtirilib, to‘plangan hujjatlar prokuraturaga yuborildi. Yil boshida noruda materiallar qazib olishga moratoriy joriy qilingandi.
Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqining (IUCN) Toshkent shahridagi vakolatxonasi o‘z ishini boshladi. Bu haqdagi bitim COP16 konferensiyasi doirasida imzolandi. Hujjat fevral oyida ochilgan ofis faoliyati uchun huquqiy asos hisoblanadi hamda davlat organlari bilan hamkorligini ta’minlaydi.
Daryo o‘zanlaridan noruda materiallar qazib olishga moratoriyga qaramay, Chirchiq daryosidan qum-shag‘al qazib olinishi davom etmoqda. Bu safar tabiatga 233 mlrd so‘m zarar yetkazildi. Avvalroq BP bu ish bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalarning litsenziyalari bekor qilinmayotganini afsus bilan qayd etgandi.
Navoiy viloyatida Zarafshon daryosidan elektr qarmoq yordamida baliq ovlab, tabiatga 6,3 mlrd so‘m zarar yetkazgan shaxslar ushlandi. Ular jami 400 ga yaqin, jumladan, Qizil kitobga kiritilgan baliqni tutgan.
Nurota davlat qo‘riqxonasi, “Janubiy Ustyurt” milliy tabiat bog‘i, “Sudoche-Akpetki” buyurtma qo‘riqxonasi va Buxoro ixtisoslashtirilgan “Jayron” pitomnigi rahbarlari lavozimidan ozod etildi. Ular faoliyatida sustkashlikka yo‘l qo‘ygan va ishni lozim darajada tashkil etmagan.
Chiroqchi tumanida qishloqlardan biriga adashib kelib qolgan qo‘ng‘ir ayiqni rasmiylar “aholi xavfsizligi uchun” otib o‘ldirgandi. Ekovazirlik mas’uli hayvonning o‘ldirilishi bo‘yicha tergovda jinoyat alomatlari aniqlanmagani va ish tegishli moddalar bilan yopilganini ma’lum qildi.
“G‘ishtko‘prik” chegara postida 22 dona qirg‘ovul va 5 dona Hindiston oq tovusini tegishli hujjatlarsiz olib o‘tmoqchi bo‘lgan fuqaro to‘xtatib qolindi. Qushlar holatga aniqlik kiritilguncha Toshkent hayvonot bog‘iga topshirildi.
Qoraqalpog‘istondagi Borsakelmas sho‘rxok hududida o‘tkazilgan “Sayyoramiz kelajagiga qo‘shgan hissamiz” xalqaro ekomarafonida 11 ta davlatdan 250 nafar professional va havaskor yuguruvchi ishtirok etdi. Ular orasida Nike elchisi Farah Majid va Adidas vakili G‘ani Sulaymon ham bor. Foto.
Samarqand viloyatidagi “Omonqo‘ton” milliy tabiat bog‘iga ekskavator va buldozerlar bilan noqonuniy kirib, jami 64 ta daraxt va butaga zarar yetkazgan hamda Qizil kitobga kiritilgan o‘simliklarni payhon qilgan shaxslar tabiatga 1 mlrd 115 mln so‘m zarar yetkazgani aniqlandi.
7 yildan beri taqdiri hal bo‘lmay kelayotgan Toshkentdagi sobiq astronomiya bog‘ini 2025-yil oxirigacha Oxygen park nomli jamoatchilik parkiga aylantirish reja qilinmoqda. Atrofiga panjara-to‘siqlar o‘rnatilmaydigan park 24/7 ishlaydi, loyiha davlat budjetidan moliyalashtirilmaydi, dedi ekologiya vaziri.
Toshkentda o‘tgan Xalqaro haykaltaroshlik simpoziumida 15 ta davlatdan 27 haykaltarosh ishtirok etdi. Bir oy davomida ular global ekologik muammolarni aks ettiruvchi 20 dan ortiq haykalni yaratdi. Ular Toshkent shahridagi istirohat bog‘lari va sayyohlik markazlariga o‘rnatiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting